DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

2022-yil 7-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti v/b P.Djurayeva tomonidan rus tili guruhi tinglovchilari ishtirokida 5-modul «Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarga samarali bilim berish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv ta’lim turlari haqida tinglovchilar batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tinglovchilar ushbu olgan bilimlarini maktab darslarida qo‘llashlari ta’limni yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.