DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Sertifikat bilan taqdirlandi

Joriy yilning 1-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti v/b P.Djurayeva AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika fanlaridan Milliy tadqiqot uchun Trenerlarni tayyorlash hamda Milliy tadqiqot Baholovchilari uchun o‘tkazilgan treningda Ustoz trener va Milliy tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni jamlashda Koordinator sifatida ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi va ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirildi.

Mashaqqatli ilm yo‘lini bosib o‘tgan ustozimizning yutuqlari bardavom bo‘lsin.