DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

KITOBXONLIK DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 28-mart kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Axborot resurs markazi» bosh mutaxassisi N.G‘afurova tomonidan hududiy markaz professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida «Bir xaftada bir kitob mutollasi» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Kamoliddin Tug‘chining «Ko‘chadan kelgan bola», O‘tkir Hoshimovning «Sirli yulduz» qissalarini mutolaa qilgan kitobsevarlar asarlardan olgan taassurotlari, mutolaa zavqi va buyuk adibning cheksiz iqtidori haqida chiroyli suhbatlar qurishdi. Ushbu davra suhbati barchani buyuk adibning nodir asarlari mutolaasiga chorladi.

Kitobxonlik tadbiri davom etadi.