DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

O‘quv-seminar

Navoiy viloyati Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining rus tili fani o‘qituvchilari uchun haftaning seshanba kuni metodik kunlarini samarali tashkil etish maqsadida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, dotsent R.Usmonova tomonidan «Планирование урока и использование основных и дополнительных пособий, ресурсов в преподавании русского языка как иностранного» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

   Ushbu o‘quv-seminarda fanga oid turli xil metodlardan foydalanildi. Bu kabi metodlardan foydalanib dars o‘tish o‘quvchilarda rus tili faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishga hamda ularning shaxsiy takomillashuviga imkon beradi. Dars so‘ngida rus tili fani o‘qituvchilari ta’lim sifatini yanada oshirish usullari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.