Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi va Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida 4-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida «Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminari davomida maktab o‘qituvchilarining «Mahorat darslari» hakamlar tomonidan ijobiy baholandi.
Tadbir so‘ngida namoyish etilgan «Biz kutgan bahor» deb nomlangan bayram dasturi barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.