DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

MEMORANDUM

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo’limi, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining maktab ta’limini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha tuzilgan memorandum doirasida “Neyropedagogika: diagnostika va o‘qitish metodlari” mavzusida O‘zbekiston fanlar akademiyasi Navoiy bo’limi raisi o‘rinbosari, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent J.G‘ulomov tomonidan ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminar davomida Neyropedagogikaning yangi fan sifatida shakllanishi, fanning maqsadi, vazifalari tinglovchilarga yetkazib berildi. Uchrashuv so‘ngida fanning o‘qitish metodlari o‘qituvchilar bilan birgalikda amalga oshirildi.