2021-yilning 1-dekabrdan 29-dekabrgacha o’z malakalarini oshirgan tinglovchilarga Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Hududiy markazning professor-o’qituvchilari tinglovchilarning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.