DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darslari

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda hududiy malaka oshirish markazlari hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun qishki ta’tilda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi” orqali tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida online darslar davom etmoqda.

Joriy yilning 29-dekabr kuni biologiya fani o‘qituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv kursida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilaridan dotsent Sh.Hasanova “Amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida, dotsent S.Xujjiyev «Murakkab mavzular asosida ishlash. Gen va hujayra muhandisligi» mavzusida, katta o’qituvchi G.Xoliqova «Biologiya fanini o’qitishda axborot dasturiy vositalar va qo’shimcha manbaalardan foydalanish» mavzularida mahorat-darslarini tashkil etmoqdalar.