DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

ILMIY UNVONINGIZ MUBORAK!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi kengashining tavsiyasiga ko‘ra ABDURAYIM MUROTOVICH PULOTOV va RAXIMA MAMAYUSUPOVNA USMANOVAlarni «Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi ixtisosligi» bo‘yicha DOTSENT ilmiy unvoni tasdiqlandi.

A.Pulotov va R.Usmonovalarni kelgusida ilm-fan yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishlarini va yanada yuqori darajalarga erishishlarini tilaymiz. Millat rivoji yo‘lidagi pedagogik faoliyatlarida kuch-quvvat va omad hamisha yor bo‘lsin!