DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«Xalq va armiya-bir tanu bir jondir!»

So’ngi yillarda mamalakatimiz qurolli kuchlari tizimida keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni OHTM, harbiy xizmatga qiziqtirish, harbiylik kasbining sharafli burch ekanligini, milliy armiyamiz kuch-qudratidan fahrlanish, g’ururlanish tuyg’ularini shakllantirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2021-yil 23-dekabr kuni Navoiy viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida o’z malakalarini oshiryotgan CHQBT rahbarlari «Yoshlik» ko’lida tashkil etilgan sport tadbirida faol ishtirok etishdi.

«Xalq va armiya-bir tanu bir jondir!»shiori ostida o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlarda tinglovchilar o’rtasida turli xil sport mashg’ulotlari tashkil etildi.