DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

MILLAT FIDOYILARINI YOD ETIB

Joriy yilning 24-dekabr sanasida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o’qituvchilari hamda “Tarix” kursi tinglovchilari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat qilishdi.

Muzeyni aylanish davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan qatag’on qurbonlari davriga oid ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Ushbu ma’lumotlar ustozlarning kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida qo’shimcha manbaa sifatida xizmat qiladi.