DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

KIMYOGARLAR FAOLIYATIDAN

Qiziqarli, biroq biroz murakkab fanlardan sanalgan kimyo fani inson faoliyati va kundalik turmushda uchraydigan ko’plab muammolarni bartaraf etishga yordam beradigan bilimlar majmuidir.

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida dekabr oyi kimyo fani o’qituvchilarining malaka oshirish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

 Hududiy markazning tinglovchilari uchun kimyo laboratoriya xonasi jihozlari bilan tanishish va tajribalar bajarish maqsadida 11- dekabr kuni Karmana tumanining 2- sonli maktabida, 15- dekabr kuni Navoiy davlat konchilik institutining labaratoriya xonasida mahorat darslari tashkil qilindi. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida darslarda qator qiziqarli tajribalar bajarildi.

Yosh avlodga tabiat qonunlarining kimyoviy asoslarini tushunishga ko’mak beradigan fanni o’qitishdek mushkul ishlarida ustozlarga kuch-quvvat tilaymiz.