DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

RUHIYAT OLAMIGA SAYOHAT

Joriy yilning 16-dekabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari» kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori D.Safarov tomonidan «Maktab amaliyotchi psixologlar» kursi tinglovchilari bilan «Treninglarni tashkil etishda qo’llaniladigan mashq-metodlar» mavzusida psixologik trening o’tkazildi.

Ushbu treningda pedagogik jamoada psixologik iqlimni yaxshilash, o’quvchilardagi negativ o’ylarni bartaraf etish, boshlang’ich sinf o’quvchilarida moslashish ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga doir mashqlar tashkil qilindi.