DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ma’naviyat maskanlariga tashrif

Joriy yilning 24-noyabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Fizika» kursi tinglovchilari NKMK tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ular muzeyda joylashtirilgan kombinatning 63 yillik tarixiga ega bo’lgan fotosuratlar, konchi sohasiga oid eksponatlar, gidrometallurgiya zavodlari va Muruntov karyer maketi bilan tanishishdi.

Muzey rahbari Salima Xoldorova tinglovchilarga Qizilqum tarixi, O’zbekistonnig yer osti boyliklari va kombinatning mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga qo’shayotgan katta qissasi haqida qiziqarli hikoyalar qilib berdi.

Tinglovchilar muzeydan katta taassurot bilan qaytishdi.