DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Navoiy Davlat Pedagogika institutiga tashrif

Joriy yilning 22-noyabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Fizika kursi» tinglovchilari uchun Navoiy davlat pedagogika institutida amaliyot tashkil etildi.

Ushbu tashrif davomida tinglovchilar Germaniyadan keltirilgan fizika laboratoriya jihozlari va ularning ishlash prinsipi bilan tanishishdi.

Malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan ushbu darslar barchaga manzur bo’ldi.