DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Respublika ilmiy-amaliy anjumani

2021-yil 19-noyabr sanasida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida «Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Yalpi yig’ilishni markaz direktori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ro’ziqulov Faxriddin Rasulovich ochib berdi. So’ngra konferensiya ishtirokchilarining mavzu bo’yicha ma’ruzalari tinglandi.

Аnjuman ishtirokchilari tomonidan oʼqituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan kreativ yondashishini taʼminlash, taʼlim-tarbiya berish jarayoniga innovatsiyalar va investitsiyalarini keng joriy etishni yoʼlga qoʼyish maqsadida taklif etilgan ilmiy-metodik ishlarning uslubiy qoʼllanmalari va multimediali ishlanmalarini umumtaʼlim muassasalariga yetkazib berilishi va ommalashtirilishi kelishib olindi.