DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan 2020-2023-yillarda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida joriy yilning 15-noyabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilariga Navoiy davlat pedagogika instituti “Informatika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi A.Ibragimov tomonidan «Mahorat darsi» tashkil qilindi.

“Mahorat darslari”da dotsent A.Ibragimov tomonidan Bulutli hisoblash (Cloud computing): asosiy tushunchalar, bulutli texnologiyalarni modellari va ularning xususiyatlari, bulutli servislarni taklif etadigan platformalar (Dropdox, YandeksDisk, GoogleApp, Microsoft Sky Drive) va ularning imkoniyatlari, Katta ma’lumotlar (Big Data): asosiy tushunchalar, tamoyillar va tizimlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi, amaliy mashg‘ulotlar asosida bilimlar mustahkamlandi.