DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«Yo’l qoidasi-umr foydasi» davra suhbati

Joriy yilning 11-noyabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida viloyat hududida yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyat yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida viloyatda ko’plab yo’l transport hodisasi uchrayotgani sabablari va ularning oldini olish chora tadbirlari haqida to’xtalib, tinglovchilarni ogohlikka hamda yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlikka chorlandi.

Zero, «Yo’l qoidasi-umr foydasi» deb bejizga aytilmagan.