DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

MA’NAVIYAT MASKANLARIGA TASHRIF

2021 yil 9-noyabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Kutubxona rahbar va xodimlari” kursi tinglovchilari viloyat bolalar kutubxonasiga va Karmana tumanidagi 2 maktabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan ular uchun mahorat darsi tashkil qilindi. Jumladan, Markaz tinglovchilari kutubxona faoliyati, kitoblar fondi, ish hujjatlari bilan tanishtirildi. Soha xodimlari ish faoliyatlari uchun kerakli bo’lgan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan ushbu dars barchaga manzur bo’ldi.

Kutubxona tinglovchilarning bugungi amaliyoti unumli va sermazmun bo‘ldi ular sayohat so’ngida Karmananing «Mir Sayid Bahrom» maqbarasiga bordilar. Kasbdoshlar bilan birgalikda uyushtirilgan sayohat ko’ngillarga olam-olam quvonch olib kirdi.