Joriy yilning 3-4-5-6 noyabr kunlari Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaz huzuridagi “Axborot resurs markazi” tomonidan professor-o’qituvchilari va tinglovchilari uchun “Kitoblar ko‘rgazmasi” o’tkaziladi.
Ko‘rgazmadan asosiy maqsad axborot resurs markazida mavjud bo’lgan turli fan sohalariga oid adabiyotlar va badiiy adabiyotlarni targ’ib qilish hamda tinglovchilarni kutubxonaga jalb qilishdir.
Hududiy markazga tashrif buyurgan tinglochilar o’z mutaxassisliklariga oid bir-biridan qiziq va zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egadirlar.