2021-yilning 2-oktabdan 29-oktabrgacha o’z malakalarini oshirgan tinglovchilarga Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Tadbir doirasida Xalq ta’limi tizimining taraqqiyot bosqichlaridagi innovatsion islohotlarga kreativ yondashuvdagi faolligi hamda malaka oshirish jarayonida milliy ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlashda o’zining intellektual salohiyati va o’quv dasturlarini o’zlashtirishdagi tashabbuskorligi uchun tinglovchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Hududiy markazning professor-o’qituvchilari tinglovchilarning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.