DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Chet ellik mehmon bilan mahorat darsi

Joriy yilning 29-oktabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida AQSH davlatidan tashrif buyurgan Shanel Nassir hamda hududiy markazning «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Shomiyev G‘olib O‘ktamovich ishtirokida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “AQSHda ta’lim tizimi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Shanel Nassir tinglovchilarga Aqshdagi ta’lim tizimi, bizning ta’lim tizimimiz bilan farqli jihatlari va afzalliklari haqida ma’lumotlar berdi.

Qiziqarli yangiliklarga boy tarzda o‘tkazilgan dars tinglovchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi.