DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«Zo’r» (KLASS) loyihasining 3-bosqichi boshlandi

Joriy yilning 26-oktabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida «2020-2030 yillarda O’zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o’qitishning sifatini oshirish»ga qaratilgan «Zo’r» (KLASS) loyihasining 3-bosqichi boshlandi.

3-bosqich doirasida Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi Burxanov Emil Raifovich tomonidan rus tili fani o’qituvchilari uchun test sinovlari tashkil etildi.

Test sinovini o’tkazishdan maqsad o’qituvchilarning rus tilini bilish darajasini sinovdan o’tkazish hamda ularning kasbiy kompetentligini aniqlashdir.