DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«ZUKKO KITOBXON» KO’RIK TANLOVI

Joriy yilning 20-oktabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda Navoiy shahar 4-AFCHO‘IM da 2-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

“Zukko kitobxon” tanlovini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning bilim va fikrlash doirasini yanada kengaytirishdan iboratdir.

Tanlovda hududiy markazning “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi P.Djurayeva xay’at a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Tanlov juda qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.