DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kurs yetakchilari bilan uchrashuv

Joriy yilning 6-oktabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori F.Ro‘ziqulov rahbarligida oktabr oyida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari yetakchilari bilan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan foydalanish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlari, ro‘yxatdan o‘tish va o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Yig‘ilish davomida Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan “PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik” video rolik taqdim etildi.

Yig‘ilish so‘ngida yetakchilarga Hududiy markaz ichki tartib qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi, Xalq ta’lim vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rasmiy sahifalariga a’zo bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Navoiy viloyati XTXQTMOHM matbuot xizmati