DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«STEAM» laboratoriya xonasida amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda

Darsning sifatli tashkil qilinishi va samarali natijaga erishishi o‘qituvchining bilim va tajribalariga bog‘liqdir. Ayniqsa, bugungi kun talablariga mos tarzda darsni tashkil qilish uchun o‘qituvchidan zamonaviy bilimlarni puxta egallash talab etiladi. Qator xorijiy davlatlarda tabiiy fanlarni o‘qitishda «STEAM» ta‘limi elementlaridan foydalanilmoqda.

2021-yil 20- sentabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti X.Xasanova rahbarligida kimyo fani tinglovchilari bilan «Kimyo darslarini takomillashtirishda «STEAM» ta‘limining ahamiyati» mavzusida amaliy mashg‘ulot darsi tashkil qilindi.

Amaliy mashg‘ulotda ustozlar tomonidan bir qancha innovatsion ko‘rgazmali qurollar tayyorlandi.