DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Boshlang‘ich ta’limni о‘qitishda zamonaviy usullar

2021-yil 20-sentabrda Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi P.Djurayeva rahbarligida dars jadvali asosida Boshlang‘ich ta’lim qozoq kursi bilan «STEAM» labaratoriya xonasida “Boshlang‘ich ta’limni о‘qitishda zamonaviy usullar” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg’ulot davomida boshlang‘ich ta’lim, matematika darslarida TIMSS, STEAM ta’limi xalqaro tadqiqot dasturi asosida savol va topshiriqlar namunalarini ishlab chiqdilar.

Mavzu doirasida tinglovchilar olgan nazariy bilim va kompetensiyalarini amaliyot bilan bog‘lash jarayonida ko‘nikmalarini mustahkamladi.