DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kimyo fani – kelajak bunyodkori

2021-yil 17-sentabr kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti X.Xasanova kimyo guruhi tinglovchilari bilan amaliyot o‘tash maqsadida Navoiy shahridagi 3-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘ldilar.

Tinglovchilar maktab kimyo xonasi laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar, qator qiziqarli tajribalar bajardilar. Amaliyot mobaynida maktabning 7-sinf o‘quvchilari bilan «Kimyo fani – kelajak bunyodkori» mavzusida suhbat o‘tkazdilar. Bu davra suhbatida fanning bugungi kundagi yutuqlari, insoniyat hayotidagi ahamiyati va istiqbollari haqida gapirib o‘tdilar.