DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Umumiy o’rta ta’limning milliy o’quv dasturini amaliyotga joriy etish” mavzusidagi o’quv-amaliy seminari

Joriy yilning 13-avgust kuni Navoiy Viloyati Karmana tumani xalq ta’limi bo’limi hamda Navoiy viloyat XTXQTMOHM professor-o’qituvchilari hamkorlikda “1-2-sinflarda milliy o’quv dasturini amaliyotga joriy etish” mavzusida onlayn o’quv seminari tashkil etildi.
O’quv-seminarni Karmana tumani xalq ta’limi bo’lim mudiri N.Sodiqova, hududiy malaka oshirish markazi direktor o’rinbosari A.Pulotov, boshlang’ich ta’lim metodisti SH.Turdiyeva ochib berdi.
Seminarda Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o’qituvchilari faol qatnashdi. Xususan tabiiy va aniq fanlar yuzasidan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Cho‘liyev Erkin Omonovich hamda amaliy fanlar yuzasidan Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Zamira Kuziyevalar tomonidan mahorat darslari o’tqazildi.