DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

RESPUBLIKA ONLAYN ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2021-yil 23-iyun kuni  Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan “Umumtа’lim mаktаblаri tа’lim jаrаyonidа аxborot-kommunikаtsiya texnologiyalаridаn foydаlаnishning dolzаrb muаmmolаri, yechimlаri” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Tеrmiz davlat univеrsitеti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Farg‘ona va Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining yetakchi olimlari mavzuga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Anjumanni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent F.R.Ro’ziqulov  ochib, muxtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga ko’plab imkoniyatlar yaratib berilayotgani, ulardan unumli foydalanishimiz zarurligini ta’kidlab o’tdilar. Zamonaviy ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ko’plab yutuqlarga erishish mumkinligi, yurtimizni yanada ravnaq topishi, yosh avlodlarni salohiyatli kadrlar qilib tarbiyalanishlari uchun zamin yaratadi, deya fikr bildirdilar. Navbatda A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o’rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institute hududiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha direktor o’rinbosari A.A.Baxramov so’zga chiqib, ishtirokchilarni ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo’limi boshlig’i Q.G.Saytov “Ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning samarali yo’llari”, Termiz davlat universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ch.B. Normurodov “Chiziqli bo’lmagan evulyutsion masalalarni zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida tadqiq etish”,  Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o’qituvchisi X.T.Xamraqulov “Informatika va axborot texnalogiyalari darslarida ta’limning innovatsion usullarini qo’llash”, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent O.O.Suvonov “Ta’limda o’quvchi bilim darajasi o’sish dinamikasining modeli”, Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o’qituvchisi M.Q.Qo’chqarov “Aniq fanlarni sifatli o’qitishning ta’limdagi ahamiyati”, Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiylalarini joriy etish va rivojlantirish bo’limi bosh  mutaxassisi J.A.Qabulov “Umumiy o’rta ta’lim maktablarda ta’lim jarayonini tashkil etishda electron tizimlardan foydalanishning muhim jihatlari”, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi E.A.Cho’liyev “O’quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash ayrim mulahazalar”, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o’qituvchisi P.S.Djurayeva Maktab matematika kursining boshlang’ich sinflarida murakkab masalalarni o’qitish metodikasi” mavzularida ma’ruzalar qildilar.

Anjuman ishtirokchilari chat orqali berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytardilar.

Anjuman dolzarb mavzular doirasida tashkil qilingan bo’lib, ishtirokchilar uchun juda qiziqarli va foydali ma’lumotlarga boy bo’ldi. Ma’ruzalarda ko’tarilgan mavzular kelgusida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.