DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ijtimoiy iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Fayziyeva tomonidan 2021-yil 31-may kuni Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyida “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida muammoli vaziyat yaratish orqali o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish, mustaqil fikrlashni kuchaytirish, turli xil innovatsion texnologiyalardan o‘rinli foydalanish usullari o‘rgatildi. Mashg‘ulot davomida mavzuni yoritishda ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, taqdimot va videoroliklar kabi qator vositalar orqali ko‘rsatib berildi.


Bu kabi tashkil etiladigan Mahorat darslari o‘qituvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.