DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

XORIJIY TIL O’QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISHGA E’TIBOR KUCHAYTIRILMOQDA

Joriy yilning 6-may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ko’zlangan maqsadlar ijrosini ta’minlash hamda ingliz tili o’qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish maqsadida 21-may kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida AQSHlik xalqaro ingliz tili o’qituvchisi Alicia Bredley bilan hamkorlikda «Giving instructions in the EFL classrooms» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.