DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

DAVRA SUHBATI

Bugun 12-may  kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazida “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari va Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Maktab amaliyotchi psixologlari” kursi tinglovchilari bilan “Maktab psixologining bir kuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida Hududiy markaz direktori psixologiya fanlari nomzodi F.R.Ro’ziqulov, Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’basi mudiri S.Qo’ziyeva, yetakchi mutaxassis D.Muxamedovlar hamda “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri D.Safarov, kafedra o’qituvchilari L.Qorayeva va E.Do’sanovlar so’zga chiqib hozirgi kunda psixologlar faoliyati davomida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari xususida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.