DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Matematika darslarida Geogebra dasturidan foydalanish

2021-yil 7-aprel kuni “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi A.M.Pulotov tomonidan  “Matematika o‘qituvchilari kursi”  tinglovchilariga “Matematika fanini o‘qitishda AKTdan samarali foydalanish” modulidagi  “Matematika darslarida Geogebra 2D va  Geogebra 3D ilovalari inkoyiyatlaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga Matematik ob’ektlar va iboralar bilan ishlash vositalari, GeoGebra geometrik shakllar, algebraik ifodalar, jadvallar, grafikalar, statistika va arifmetikalar bilan ishlash uchun keng imkoniyatlari taqdim etildi.

 

Shuningdek, turli xil funktsiyalar bilan ishlash uchun vositalar mavjudligi, masalan, ildizlar, integrallar bilan ishlash imkoyiyatlari tushuntirildi va amaliy ko‘rsatib berildi. Tinglovchilar berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarib, geogebra dasturidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ldilar.