DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

YANGI O‘ZBEK ALIFBOSI MUHOKAMASI

2021-yilning 13-mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga umumxalq muhokamasi uchun ikki haftalik muddatga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bugungi kunda til va yozuvning ijtimoiy turmushimizda qanchalik muhim mavzu bo‘lganini ko‘rsatadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra taklif etilayotgan lotin yozuviga asoslangan 28 ta harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi yuzasidan, joriy yilning 30-mart kuni Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari kursida davra suhbati tashkil etildi.