Hurmatli ishtirokchilar!
Navoiy viloyat Pedagogik Mahorat Markazi tomonidan buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Men Boburni taniyman” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Tanlov davomida bilimdon ishtirokchilarimiz Bobur hayoti va ijodi haqidagi savollarga tezkor va to‘g‘ri javob berishdi. Eng faol va bilimli qatnashchilar orasidan 3 nafar g‘olib aniqlandi:
G‘oliblar:
Raupov Muxriddin
Asadova Dilnoza
Zilola Azimova
Tabriklaymiz! Sizlarni 14-fevral kuni soat 12:00 da Navoiy viloyat Pedagogik Mahorat Markazida taqdirlash marosimida kutib qolamiz.
Tanlovda ishtirok etgan barcha bilimdon kitobxonlarga minnatdorlik bildiramiz! Sizning bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz va qat’iyatingiz biz uchun juda qadrlidir.