Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tgan ochiq dars qozoq millatli malaka oshirish tinglovchilari guruhi bilan tashkil etildi.
Dars davomida Uch avlod uchrashuvi asosida dars bosqichlari ketma-ketlikda taqdim etildi. Shu bilan birga, millatlararo totuvlikni targ‘ib etuvchi kuy-qo‘shiqlar va she’rlar ijro etildi.
Sinfdan tashqari tadbir esa “Qozoq onalari: An’anaga yo‘l” va “Abayshunoslik” mavzusida o‘tkazilib, taqdimotlar, amaliy didaktik va tarbiyaviy o‘yinlar bilan boyitildi.