Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 1, 46, 43, 62-son umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktablarda tashkil etilgan ingliz tili fani bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o‘rganildi.
Yetakchi o‘qituvchilarning mentorlik qobiliyatlari kuzatilib, ularning o‘quvchilarga ta’siri baholandi.
Koordinator hujjatlari va vazifalari bo‘yicha mutasaddilarga kerakli tavsiyalar berildi.
Bu kabi tashriflar ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi!