Markazimizda xorijiy maslahatchi Dumitru-Cristescu Bogdan tomonidan pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish kurslarida ta’lim sifatini oshirishda xorijiy tajribalarni joriy etish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ta’lim tizimlaridagi ilg‘or yondashuvlar, innovatsion pedagogik metodlar hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar xorijiy tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda yangi usullarni qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Bunday tadbirlar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilib, yurtimiz ta’lim tizimini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.