Joriy yil 14-noyabr kuni «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari doirasidagi navbatdagi o‘quvlar tashkil etildi.
Tumanidagi tayanch sifatida belgilangan 4-IDUMda ushbu maktabga biriktirilgan 50 nafar tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar uchun mashg‘ulot jarayonlari tashkil etildi.
O’quvlar davomida metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari tomonidan:
– 5E modeli;
– so’rovlarga asoslangan ta’lim;
– Insight Learning
kabi yo’nalishlarga alohida to’xtalib o’tildi.
Eslatib o’tamiz, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini taʼminlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan.