Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent J.Pulatov tomonidan Davlat va huquq asoslari kursi tinglovchilari ishtirokida «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning umummilliy ahamiyati» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Undan ko‘zlangan maqsad, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishdan iborat.