DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Xorijiy tajribalar amalda

“2020 – 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish”ga qaratilgan “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy hafta davomida Rus tili fani kursi tinglovchilari uchun Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti R.Usmanova hamda xorijlik mutaxassis A.I.Gersen nomidagi RDPU metodisti M.L.Ivanova hamkorligida seminar-treninglar, mahorat darslari hamda yangi metodlar asosida qiziqarli darslar tashkil etildi.