DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Til millat ko‘zgusi!

Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Hamdamova va Boshlangʻich taʼlim kursi tinglovchilari ishtirokida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan «Til millat koʻzgusi» mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent K.Astanakulov kirish soʻz bilan ochib berib, ona tilining inson hayotidagi beqiyos oʻrni haqida takidlab oʻtdi.

Tadbirda tinglovchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etilib, undagi kuy-qoʻshiqlar va ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.