DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Sifatli ta’lim – kelajak poydevori

Zarafshon shahar 3-umumta’lim maktabda Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi metodistlari bilan hamkorlikda «Sifatli ta’lim – kelajak poydevori» mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminarda ona tili va adabiyot hamda o’zbek tili fanlaridan ochiq darslar o’tildi. Ochiq darslar turli-tuman yangi pedagogik usullar, enerjayzerlar hamda qiziqarli o’yinlar bilan juda sifatli tashkil etildi.

Ochiq darslardan so’ng til festivali tashkil etildi. Til festivalida o’quvchilar hikmatli so’zlar, sahna ko’rinishlari, qo’shiq va raqslar bilan barcha tomoshabinlarni xushnud etishdi. Shuningdek tilga oid bugungi muammo va takliflar ham aytib o‘tildi.

Seminar so’ngida pedagogika markazi metodistlari tomonidan mahorat darsi va treninglar o’tkazildi. Mahorat darslarida o’qituvchilar uchun juda foydali bo’lgan ma’lumotlar va zarur metodik yordam berildi. Seminar o’z ko’zlagan maqsadiga erishdi hamda barcha ishtirokchilar qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi.