DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Navoiy shahrida «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari davom etmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish” kuni va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘I ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim tayanch maktabida joriy yilning 3-oktabr kuni Navoiy shahridagi  barcha umumta’lim maktablari matematika (23 nafar) va informatika (23 nafar) fanlarining yetakchi o‘qituvchilar ishtirokida “Kasbiy rivojlanish kuni” munosabati bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.