Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan 1- Oktyabr – «Oʻqituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan, shuningdek jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, samarali mehnati, malaka oshirish tizimida zamonaviy metodlarni qoʻllash amaliyotini shakllantirish hamda taʼlim sohasiga qoʻshayotgan hissasi uchun bir guruh professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.