Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori(DSc) Xasanova Xurshida va Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti texnika fanlari doktori, professor Vapoyev Husnitdin tomonidan Kimyo kursi ishtirokchilari uchun «Kimyo darslarini samarali tashkil qilishda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriyalardan foydalanishning o’rni» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda tinglovchilar ishtirokida maktab o’quv dasturi doirasida turli amaliy mashgʻulotlar bajarildi. Ishtirokchilar mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mashgʻulotlar samarali tashkil qilindi.