Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan amaliy mashgʻulotlar hamda STEAM asosida tashkil etilayotgan seminar-treninglarda tajriba almashish maqsadida joriy yilning 27-sentyabr kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi U.Ilyasova tomonidan Tasviriy sanʼat kursi tinglovchilari ishtirokida «Kasbim – faxrim» shiori ostida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Unda barcha tinglovchilar oʻzlarining qo`l mehnati asosida tayyorlangan ijod namunalar orqali tajriba almashishdi.