Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli «Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi buyrug’iga asosan «Metodist soati» o’tkazildi.
– «Metodist soati» Pedagogik mahorat markazi «Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi» fan metodistlari tomonidan Barkamol avlod maktabi, texnologiya va boshlang’ich ta’lim kursi tinglovchilariga metodist soati tashkil etildi.
– Mashg’ulot davomida tinglovchilarga MMTV 8,32,248,246 buyruqlari mazmun mohiyati tushuntirildi.
– STEAM ta’lim texnologiyasini darslarida qo’llash.
– Loyihaga asoslangan ta’lim.
– Darslarda 4K va 5E modulidan foydalanish.
– Me’zonlarga asoslangan baholash tizimi.
– Darslarni samarali tashkil etishda «Harflar so’zlaganda»,»Kun va tun»,»Kubik»,»3,2,1″Aktivatori, «Qor uyumi»,»Ta’lim krediti» ,»Tasavvurlar zanjiri» metodlari tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
