Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari tomonidan viloyat umumtaʼlim maktablaridan master-trenerlar va mentor-o’qituvchilar ishtirokida oʻquvlarning birinchi kuni davom etmoqda.
Unda «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tashkil etish tartibi haqida Xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.
Oʻquvlar soʻnggida barcha maktablarda Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha «Kasbiy rivojlanish kuni» hamda «Kasbiy rivojlanish soati» tashkil etish rejalashtirildi.